TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Britaniyaliklar ijtimoiy tarmoqlarda o‘rgimchaklar hujumidan ommaviy shikoyat qilishmoqda, deya yozadi Daily Mail.
Ko‘pchilik o‘rgimchak chaqishidan so‘ng shifokorga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.
Mamlakatda o‘rgimchaklarning 650 ga yaqin turlari hayot kechiradi, shundan 12 tasi inson uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Gloucyester universiteti tadqiqotchilari o‘rgimchaklarning bu qadar ko‘payib ketishga odatiy nam ob-havo bilan birga rekord darajadagi yuqori yozgi harorat ekanini ma’lum qilishgan. Bunday ob-havo o‘rgimchaklar oziqlanadigan hasharotlarning ko‘payishiga qulay sharoit yaratgan.