Moskvada tolibon delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Tolibon" vakillari AQSh bilan suhbatni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.  
Sputnik

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Afg‘onistonningn radikal harakati “Tolibon” vakillari Moskvaga kelishdi. Rossiya tashqi shlar vazirligida Tolibon delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tashqi ishlar vazirligida Tolibon delegatsiyasini Rossiya TIVining Ikkinchi Osiyo  departamenti direktori, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili - Zamir Qobulov  qabul qilgan.

“Uchrashuvda Rossiya tomon Tolibon va AQSh orasida muzokaralarni davom ettirish kerakligini ta’kidladi. “Tolibon” vakillari, o‘z navbatida, ular Vashington bilan suhbatni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi”, - deyilgan Rossiya TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada AQSh prezidenti Donald Tramp Qobulda bo‘lib o‘tgan terakt tufayli “Tolibon” vakillari bilan bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvini bekor qilgan edi. Undan tashqari “Tolibon” Tojikiston bilan chegaradosh hududda bir necha qishloqlarni egallab olgani haqida xabar qilgan edik.