Qo‘li gul hunarmandlar: Qo‘qondagi festivalning eng sara suratlari

Sputnik

2019 yilning 10-15 sentabr kunlari Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda 1116 nafar hunarmand, jumladan, 191 nafar xorijliklar ishtirok etmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Xudoyorxon o‘rdasi festivalning asosiy maydoniga aylangan. 

Kelajakda Hunarmandchilik festivali har ikki yilda bir marta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Festival Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi ishtirokida tashkil qilinadi.

Ushbu festivalning asosiy maqsadi - o‘zbek xalqining  tarixi va madaniy hayotini keng yoritish, o‘zbek milliy hunarmandchiligini namoyish qilish, madaniy-gumanitar aloqalarni xalqaro miqyosda kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklashdir.

Festivalnng eng sara va yorqin suratlari - Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida.

1 / 14
Qahrabo san’ati ham namoyish etildi.
2 / 14
Qo‘y junidan tikilgan ro‘mol
3 / 14
Festival doirasida modalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
4 / 14
Qo‘lda paxtaga ishlov berayotgan qizlar
5 / 14
Qo‘qon shahrida xalqaro hunarmandchilik festivali
6 / 14
Milliy gilamlarni to‘qish
7 / 14
Nozik did, yuksak mahorat bilan yaratilgan dunyodagi eng katta so‘zana. Uzunligi 25, eni esa 6 metrni, og‘irligi 60 kilogrammni tashkil etadi.
8 / 14
Hunarmand do‘konidagi taqinchoqlar
9 / 14
Xalq og‘zaki ijodi namunalari ijro etayotgan ayollar.
10 / 14
Milliy libosdagi qiz
11 / 14
Zardo‘zlik namunalari.
12 / 14
Taqinchoqlar ko‘rgazmasi.
13 / 14
O‘ymakor usta ish jarayonida.
14 / 14
Tadbir davomida hunarmandlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
V ramkax meropriyatiya proshel daje parad remeslennikov.