Toshkentda “Matiz” haydovchisi urib yuborgan yo‘lovchi vafot etdi

Yo‘lni belgilanmagan joydan yugurib kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 61 yoshli yo‘lovchi YTH oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Toshkentda “Matiz” haydovchisi urib yuborgan yo‘lovchi hayotgan ko‘z yumdi.

Toshkentda YPX inspektori xizmat avtomobilida piyodani urib yubordi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 12-sentabr kuni soat 19:50 da Yakkasaroy tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi 26 yoshli D. J. piyodani urib yuborgan.

Qady etilishicha, YTH natijasida 61 yoshli I. M.ga tan shikastlari yetgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotganda hayotdan ko‘z yumgan.

YTH sababi sifatida piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan yugurib kesib o‘tmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.