Prezident tabrigi: Putin Nurmagomedov bilan uchrashdi - video

Rossiya yetakchisi Dog‘istonga tashrifi chog‘ida Habib Nurmagomedov va uning otasi bilan uchrashdi. Uchrashuv Maxachkala aeroportida o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin UFC chempioni Habib Nurmagomedov va uning otasi Abdulmannop Nurmagomedov bilan uchrashdi.

Uchrashuv tasvirga olingan videoni chempion Instagram sahifasida joylashtirdi.

Uchrashuv Maxachkala aeroportida o‘tkazildi.

“O‘g‘lingizning g‘alabasi bilan tabriklayman. Munosib jang”, - deb ta’kidladi prezident.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Habib g‘alabasi ishonchli va eng muhimi – adolatli bo‘ldi.

"Juda yaxshi o‘yin, chiroyli va halol. Men yaxshi bo‘g‘ish usulini tomosha qildim. Hammasi ro‘yirost bo‘ldi",  - dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov UFC chempionlik unvoni himoya qildi.