O‘zbekiston Turkiy kengashga qo‘shiladi

O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zolik uchun kerakli hujjatlarni taqdim etgan. Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya kengash a’zolari hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zolik uchun kerakli hujjatlarni taqdim etdi, bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

“O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zolik uchun kerakli hujjatlarni taqdim etgan va ularni rasmiylashtirish yaqin vaqtlarda nihoyasiga yetkaziladi. Sammit 16-oktabrda o‘tkaziladi”, - dedi Chavusho‘g‘li.

Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonning Turkiy kengashga qo‘shilish qarorini olqishladi.

Bundan tashqari, Turkmaniston kuzatuvchi-davlat maqomini olish uchun murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy Kengash turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy maqsadi a’zo davlatlarning har tomonlama do‘stlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan.

Ushbu tashkilot 2009-yil 3-oktabrda Ozarbayjonning Naxchivon shahrida asos solingan.