Mirziyoyevning kuyovi rossiyalik blogerga uchta avtomobil taklif qildi

Otabek Umarov avtobloger Erik Davidichga navbatdagi shou sonini tasvirga olishi uchun Mercedes AMG GT 4, BRABUS Maybach 900 va Bentley avtomobillarini taqdim etdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen - Sputnik. Otabek Umarov rossiyalik bloger Erik Davidichga test-drayv shousini suratga olishda yordam berdi. Bu haqda avtobloger Instagram sahifasida post yozib qoldirdi.

Rossiyalik avtobloger test-drayv shousining yangi seriyasini Toshkentda suratga oladi. Suratga olish uchun Mercedes AMG GT 4, BRABUS Maybach 900 va Bentley taqdim etilgan.

“Biz shunchaki bir dona avtomobilni emas, balki tanlab olishda bizga yordam bergan kishini topdik. Garchi ko‘pchilik aytgan bo‘lsada, Davidich, sen O‘zbekistonda hech narsa topolmaysan. Buning uchun tashakkur @otabek_muhammadalievich”, - deya yozgan bloger.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur avtobloger Erik Davidich O‘zbekistonga kelayotgani va O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazish uchun qaysi avtomobilni tanlagani hozircha ma’lum emasligi xabar qilingan edi.

Rossiyada Erik Davidich stritreyser va videobloger hamda smotra.ru saytining asoschisi sifatida tanilgan. Davidich shuningdek GIBDD xodimlari orasida poraxo‘rlikka qarshi kurashuvchi kishi sifatida ham tanilgan.