Butun dunyo shifokorlari Namangandagi xalqaro forumda to‘plandi

Forum davomida beshta yo‘nalish – endokrinologiya, kardiologiya, jarrohlik, onalik va bolalik muhofazasi hamda farmatsevtika bo‘yicha seksiya yig‘ilishlari tashkil etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Namangan viloyatida “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlantirishda investitsiya va innovatsiyaning roli” mavzusida xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi ish boshladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Forumda dunyoning 30 dan ziyod davlatidan 150 nafar xorijiy kompaniyalar vakillari va olimlar qatnashmoqda.

Forum davomida beshta yo‘nalish – endokrinologiya, kardiologiya, jarrohlik, onalik va bolalik muhofazasi hamda farmatsevtika bo‘yicha seksiya yig‘ilishlari tashkil etiladi.

Forum doirasida ko‘plab xorijiy tadbirkorlar bilan farmatsevtikaga oid memorandumlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Butun dunyo shifokorlari Namangandagi xalqaro forumda to‘plandi

14 sentabr kuni tibbiyot sohasida taniqli shifokorlar ishtirokida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, Rossiyaning Ural davlat tibbiyot universiteti hamda Namangan davlat universiteti hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma tibbiyot fakultetining ochilish marosimi ham o‘tkaziladi.