TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Anvar Sayfutdinov Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Anvar Sayfutdinov Nazarovich Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatidir. 2004-yildan hozirgi vaqtgacha, “Navro’z-FT” MChJ, “Sanico Trading” xususiy korxonasi, “Shinkonrakttorg” sho‘’ba korxonasi va “Sanico Group” MChJda rahbarlik lavozimida ishlab kelgan.
Anvar Sayfutdinov Yakkasaroy tumani hokimi vazifasiga kirishdi
© Xokimiyat Tashkenta
Biroz ilgari Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlangani xabar qilingan edi.