Amerika er-xotinda sun’iy urug‘lantirishdan so‘ng boshqa irqqa mansub bola dunyoga keldi

Reproduktolog-shifokorlar probirkalarni adashtirib qo‘yishdi, buning oqibatida amerikalik ayolda boshqa erkakdan bola dunyoga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Nyu-Jersi shtatida EKO-protsedurasi oqibatida oilada boshqa irqqa mansub bo‘lgan bola dunyoga kelishi holati yuzasidan reproduktiv shifoxona sudga berildi. Bu haqda RIA Novosti NBC New York telekanaliga asosan xabar qildi.

Qozog‘iston shimolida 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi

Sud jarayonida Kristina Kedderich va Dryu Vasilevski shifoxonada sun’iy urug‘lantirish jarayonida qandaydir xato bo‘lgani ta’kidlashdi. Er-xotin o‘zlari yevropoid irqiga mansub bo‘lishsada, ularda tashqi ko‘rinishi osiyoliklarga xos bo‘lgan belgilar namoyon bo‘la boshlaganidan so‘ng birovning bolasini katta qilayotganini bilgan.

Sud DNK ekspertizasini tayinladi. Unda Dryu Vasilevski haqiqatda bolaning biologik otasi emasligi tasdiqlandi. Shikoforlar xatosi oilaning buzilishiga olib keldi.

Sobiq er-xotinlarning ta’kidlashicha, ular reproduktologlar xizmati uchun 500 ming dollar sarflashgan.