TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakat xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilandi.