Timatining kiyim brendi xorijiy maxsus xizmatlar diqqatini tortdi

Timatining Rossiya simvolikasi tushirilgan kiyimlarida Latviya maxsus xizmatlari "Kreml qo‘li"ni topdi.
Sputnik

Rossiyalik mashhur reper Timati Sentabr boshida Latviyada o‘zining Black Star nomli brendi ostida kiyim sotishga ixtisoslashgan magazinini ochgan edi.

Biroz vaqt o‘tib ushbu magazinda sotilayotgan kiyimlarda Rossiya simvolikasi borligi mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi, keyinchalik bunga Latviya maxsus xizmatlari ham o‘z e’tiborini qaratdi.

“Latviya DXXsi ushbu vaziyatga baho beradi.  Rossiya simvolikasi tushirilgan buyumlar sotilishida Kreml o‘zining geosiyosiy yo‘nalishini targ‘ib qilishini ko‘rish mumkin”, - deyilgan Latviya maxsus xizmati xabarida.

Ushbu vaziyatga ijtimoiy tarmoqlarda qanday munosabatlar bildirilayotgani haqida batafsil videolavhamizda tomosha qiling.