Shahobiddin Zoirov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Zoirov Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatidagi maqsadi oltin medalni qo‘lga kiritish ekanini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi boks bo‘yicha jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi.

52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Shahobiddin Zoirov birinchi jangini turkmanistonlik Ixlas Gilichjanovga qarshi o‘tkazdi.  Rio—2016 Olimpiadasi chempioni raqibini katta ustunlik (5:0) bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

“Raqib biroz zaif edi va men uni o‘zimning mahoratdagi ustunligim hisobiga yengishga muvaffaq bo‘ldi. Jang men uchun  yaxshi bo‘ldi, men masofadan turib qanday jang qilish kerakligini his qildim. Men jangda yaxshi texnika va katta tajribam hisobiga ustunlikka erishdim”, - dedi Zoirov RIA Novostiga.

Shahobiddin Zoirov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Shuningdek, Zoirov tomoshabinlar qo‘llab-quvvatlarini ta’kidlab, mazkur g‘alabaga hissa qo‘shishganini aytdi.

Shahobiddin Zoirovga keyingi bosqichda Dominikan Respublikasi vakili raqiblik qiladi.