Rossiyada “nabiralar yetishmovchiligi” mavjud - ekspert

Rossiyada so‘nggi yuz yil ichida nabiralar soni 6,7 baravarga kamaydi.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Rossiyada so‘nggi yuz yil ichida nabiralar soni 6,7 baravarga kamaydi.

Nima uchun Rossiya ayollarining ko‘pchiligi ishlamaydi

Bu haqda RIA Novosti'ga Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti mintaqaviy rivojlanish miqdoriy tadqiqot laboratoriyasi mudiri Yelena Yegorova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 1926-yilda yuz nafar buvi va buvalarga 542 nabira to‘g‘ri kelgan, 2002-yilda – 87 nafar, 2019-yilda – 81 nafar.  

Shu bilan birga, 15-59 yoshdagi guruhning demografik holatda unchalik ahamiyatli emas - uchta kattalarga atigi ikki farzand yoki qariya to‘g‘ri kelmoqda.

"Ammo tuzilma tarkibi o‘zgardi - yukning katta qismi mos ravishda keksa odamlarga to‘g‘ri kelmoqda va ijtimoiy soha ularga tegishli ravishda moslashishi zarur", - deb qo‘shimcha qildi ekspert.