Prezident maktabiga eng ko‘p Sergeli maktablari o‘quvchilari kirgan - vazir

Prezident maktabiga eng ko‘p o‘quvchilari qabul qilingan maktablar ro‘yxatida 3-ta Sergeli maktabi yetakchilik qilmoqda. Ta’lim vaziri ushbu maktab direktori va o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Halq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov xabar qilishiga ko‘ra, Prezident maktablariga qabul qilingan eng ko‘p o‘quvchilar – Sergeli tumanidagi maktablarda o‘qigan.

“Toshkent shahridagi Prezident maktabiga eng ko‘p o‘quvchisi qabul qilingan maktablarning birinchi 6 tasidan 3 tasi Sergeli tumanidan ekanligi ham ushbu tanlov adolatli o‘tganligini ko‘rsatadi.Qolgan maktablardan 3 nafar va undan kam o‘quvchilar qabul qilingan”, - dedi Shermatov.

Shuningdek, vazir Sergeli maktablari rahbariyatiga va o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildirgan.

Prezident maktabiga eng ko‘p Sergeli maktablari o‘quvchilari kirgan - vazir

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini baholash Cambridge Assessment International Education tomonidan o‘tkazigan edi. Ikki bosqichda o‘tgan imtihon jarayonini mustaqil kuzatuvchilar, ota-onalardan vakillar, OAV xodimlari va blogerlar kuzatib borishdi. Natijalar anonim tarzda e’lon qilindi, nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmadi.

Prezident maktablariga kirish konkurslari juda katta bo‘lgan edi. Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 5763 kishi hujjat topshirgan, ulardan 144 nafari o‘quvchi qabul qilingan. Bir o‘ringa 40 kishi to‘g‘ri kelgan.