Murod Xonto‘rayevning raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev 22-sentabr kuni Toshkentda o‘zining professional jangini o‘tkazadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekistonlik MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev 22-sentabr kuni Toshkentdagi "Yunusobod tennis korti" majmuasida rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Yevgeniy Makinkinga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga bellashuv tashkilotchilari ma’lum qildi.

Boyes MMA Murod Xanturayev
Murod Xonto‘rayev ringga qaytdi

Ta’kidlanishicha, K-1 yo‘nalishida o‘tkaziladi, shu kuni jami 11 ta jang rejalashtirilgan.

Bellashuvda Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Eron, Tojikiston sportchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.  

Yevgeniy Makinkin o‘z professional karyerasini 2009-yilda boshlagan. Jami 23 ta jang o‘tkazib, 14 tasida g‘alaba qozongan. Mag‘lubiyatlari soni 8 tani tashkil qiladi. Raqiblarini 4 ta jangda muddatidan avval taslim etgan. O‘zi esa bir marotaba mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Murod Xonto‘rayev 13 ta jang o‘tkazib, ulardan 11 tasini g‘alaba (undan 8 tasi nokaut) va 2 tasini mag‘lubiyat bilan yakunlagan.