Faol yosh oilalar imtiyozli uy-joyga ega bo‘ladilar

Yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 %gacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga 7-yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori  qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

Qarorga ko‘ra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga 7-yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi (hozirga qadar boshlang‘ich badal O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘liq to‘lab berilgan).

O‘zbekiston ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarga yangi uylar beriladi

Shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha birinchi 5-yil nihoyasiga yetgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga to‘lanadi.

 2020 yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:

- dastlabki badallar hamda kredit bo‘yicha birinchi besh yildan keyingi foiz to‘lovlari yosh oilalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;

-  kreditdan foydalanishning birinchi 5-yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.