TOShKENT, 11 sen – Sputnik. “Tolibon” harakati jangarilari bir kun ichida yana bir afg‘on - Darkad uyezdini bosib oldi. Bu hudud Tojikiston bilan chegaradagi Taxar provinsiyasida joylashgan.
1TV telekanali xabar qilishicha, bu ma’lumot jangarilar Yangi-Kala hududini bosib olingandan bir necha soatdan keyin paydo bo‘ldi. Buni mahalliy gubernator Javad Xijri tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, hududda jangovar harakatlar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha “Tolibon” harakati jangarilari Tojikiston bilan chegarasida Taxar provinsiyasida joylashgan Yangi-Kala uyezdini bosib olgandi.
To‘qnashuvlarda 28 nafar toliblar va ularning komandiri Mulla Imomuddin yo‘q qilindi.