Surxondaryoda ayol suddan o‘g‘lini emas, erini ozod qilishni so‘radi

Kutilmagan javobdan sud qabuliga kelganlar hayron qoldi: ayol suddan o‘g‘lini emas, erini ozod qilishni so‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan Oliy sudning sayyor qabulida hayratlarnarli holat sodir bo‘ldi. Sud qabuliga kelgan katta yoshli ayol suddan o‘g‘lini emas erini ozod qilishni so‘radi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

Yirik firibgarlik: "Mikrokreditbank"ning bir guruh xodimlari qamoqqa olindi

Xabrda aytilishiga ko‘ra, ushbu ayolning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li firibgarlik jinoyati uchun qamalgan ekan, qarzning bir qismi to‘lab bo‘lingandan so‘ng sud erkaklardan birini ozod qilishga qaror qiladi. Ayoldan kimni ozod qilishni so‘ralganda, u ikkilanmay – erimni, deb javob beradi.  

Ushbu javobdan sud qabulida o‘tirganlar “bir qalqib tushdi” deb yozadi viloyat matbuoti. Vaziyatni tushunmagan odam bunday hayratlanishi tabiiy, lekin ushbu voqea aslida qanday bo‘lganini bilganlar bunga hayron bo‘lmagan.

Aslida ushbu jinoyatda u bechora ayolning o‘g‘li sababchi bo‘lgan ekan. U oldin ham firibgarlik jinoyati uchun 3 marotaba qamalib chiqaan, lekin baribir odatini tashlamagan ekan. So‘nggi bor odamlardan katta-katta pullarni olib yeb yuborgan, qarzini undirishga kelganlarga uning otasi majburat “Qarzni bo‘yniga olishini” aytib tilxat yozib bergan ekan. Qarzini qaytarib ololmgan fuqarolar, ushbu oilaning  nafaqat buyumlarini, balkim uyini ham buzib, qurilish materiallarini olib ketishgan ekan.