Kecha Toshkentda O‘zbekistonda birinchi qurib bitkazilgan Prezident maktabi ochildi. Unining ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev shaxsan ishtirok etdi.
Prezident yangi maktabning barcha xonalarini ko‘zdan kechirib maktabning faxrli mehmonlar kitobida o‘z dastxatini qoldirdi.
"Men ishonaman, bu maskanlar jonajon O‘zbekistonimizning ertangi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, globallashuv davrida keskin bellashuv va raqobatlarda g‘olib bo‘lishga qodir shaxslarni – yangi Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniylar, Ulug‘beklarni tarbiyalab yetishtiradi”, - deyilgan satrlar bor prezident tilaknomasida.
Tashrif so‘ngida prezident yosh o‘quvchilarga omad tiladi va “bir soniya vaqtni ham bekor ketkazmaslikni maslahat berdi”.