O‘zbekistonda Rossiya oliygohlari soni 10taga yetdi

Bir yil ichida O‘zbekistonda 6ta Rossiya oliygohi ochildi, endi ularning soni 10taga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Bir yil ichida O‘zbekistonda 6ta Rossiya oliygohi ochildi, endi ularning soni 10taga yetdi, dedi Oliy va o‘rta ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, RIA Novosti xabariga asosan.

“O‘zbekistondagi Rossiya oliygohlari soni 10taga yetdi. Faqat 2019-yil davomila 6ta Rossiya OTMlarining filiallari ochildi", - dedi Begimkulov.

Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining fan va ta’lim kichik komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazir o‘rinbosari aytishiga qaraganda ikki tomonlama munosabattlarning huquqiy asosi tobora mustahkamlanib bormoqda. Rossiya va O‘zbekiston oliygohlari orasida 700dan ortiq shartnomalar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Toshkentda Rossiyaning MISiS, MIFI, MGIMO, RGUning jismoniy tarbiya fakulteti, Sport instituti, Yoshlar turizmi tashkiloti, Mendeleyev nomli kimyo-texnologik universiteti, MEI va boshqa OTMlar ochildi.