TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Tayvanda miyasi o‘lgan ayol turmushga chiqdi. Bu haqda RIA Novosti Asia One portaliga asosan xabar qildi.
Juftlik 11 davomida uchrashgan. Avgustda 32 yoshli ayol Taybey tumanlaridan birida YTHga uchradi: u motosiklda ruxsat etilmagan joyda burilayotgan vaqtda avtomobil urib yubordi. Uch kundan keyin unda miya o‘limini qayd etishdi, bundan keyin qizning hayoti sun’iy ushlab turildi.
O‘ziga xos to‘y marosimi palataning o‘zida o‘tkazildi. Qarindoshlar yonida yigit kelinning qo‘liga uzuk taqdi.
Marosimdan so‘ng qiz hayot ushlab turish qurilmasidan uchirildi. Qarindoshlar uning tana a’zolarini muhtojlarga transplantatsiya qilishga ruxsat berishdi.