Tramp yana soch turmagi bilan maqtandi

AQSh prezidenti Donald Tramp yana soch turmagi bilan maqtandi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp yana soch turmagi bilan maqtandi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tramp prezident saylovidagi raqiblarini “uchta tentak” deb atadi

Tramp do‘stlari sochlariga qaragandan uning sochi yaxshiroq ekanligini ta’kidladi.

Shimoliy Karolinada tarafdorlari oldida nutq so‘zlaganTramp, barcha tarafdorlarni joylashtirish uchun yopiq binoda emas, balki ochiq stadionda yig‘ilish o‘tkazishga tayyorligini aytdi.

Tramp hatto o‘zining mashhur soch turmagini xo‘l qilishga ham tayyor ekanligini aytdi.

“Bu hech bo‘lmaganda o‘zimning sochlarim ekanligini ko‘rsatadi. Sochlarim ajoyib bo‘lmasligi mumkin, ammo men shuni aytishim kerakki, ular meni yoshimdagi do‘stlarim sochlaridan yaxshiroqdir. Juda ham yaxshi!”, - dedi AQSh prezidenti.