TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Toshkentda propiska olib beradigan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Ma’naviyat markazi ham "toshkentlik" bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 87 ta tashkilot mavjud edi.