Rossiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, 7,1 ming nafar o‘zbekistonlik talabalar budjet asosida tahsil olmoqdalar.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Rossiya oliygohlarida 26 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Marina Borovskaya RIA Novostiga ma’lum qildi.

O‘zbekistonda Rossiya oliygohlari soni 10taga yetdi

So‘nggi yilda ularning soni qariyb ming kishiga oshgan.

“O‘tgan yil Rossiya oliygohlari 26,5 mingdan ziyod talabalarni qabul qildi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 1000 kishiga ziyod”, - dedi Borovskaya.

Ta’kidlanishicha, 7,1 ming nafar o‘zbekistonlik talabalar budjet asosida tahsil olmoqdalar.

Hozirda Rossiyaning 491 ta oliygohi akademik almashuv doirasida O‘zbekistonga o‘z hamkasblarini yuborishga tayyor. Shuningdek, xalqaro akademik loyihalar doirasi Rossiyaning 99 ta oliygohida 1,3 nafar o‘zbekistonliklar tahsil olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda O‘zbekiston va Rossiyaning iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasini fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.