Murod Xonto‘rayev ringga qaytdi

Murod Xonto‘rayev 22-sentabrda yana ringga chiqadi. Jang Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekistonlik mashhur MMA yulduzi Murod Xonto‘rayev uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytmoqda, bu haqida u o‘zining Instagrammida xabar qoldirgan.

“Murod Xonto‘rayev ishtirokidagi navbatdagi jang 22-sentabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston sport majmuasida bo‘lib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.

Murodning raqibi kim bo‘lishi haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.

“Osiyo Ayig‘i” nomi bilan mashhur bo‘lgan Murod Xonto‘rayev 1987-yilda tug‘ilgan. Aralash yakkakurash sportida o‘z karyerasini 2013-yilda boshlagan . 2017-yilga qadar Murod 13ta jang o‘tkazib, ulardan 11tasini g‘alaba (undan 8tasi nokaut) va   2tasini mag‘lubiyat bilan yakunlagan.

Murod Xonto‘rayev ringga qaytdi

2018 yilda Murod Xonto‘rayev nomi OAVlarda ayrim noxush voqealar tufayli bir necha marotaba tilga olingan edi. Xususan, birinchi holatda Xonto‘rayev bezorilikda ayblangan ikkinchi vaziyatda jabrlanuvchi sifatida tilga olingan edi.