Habib Nurmagomedov Mirziyoyevning kenja kuyoviga video murojaat yubordi

Rossiyalik yakkakurash bo‘yicha jangchi Habib Nurmagomedov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarovga video murojaat yubordi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Rossiyalik yakkakurash bo‘yicha jangchi Habib Nurmagomedov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarovga video murojaat yubordi.

7 sentabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil may oyida rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov O‘zbekistonga  tashrif buyurgandi. Otabek Umarov Habib Nurmagomedov bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi.

Keyinchalik tarmoqda Habib Nurmagomedov Oybek Tursunov va Otabek Umarov bilan birga tushgan foto-surat ham paydo bo‘lgandi.