Yuk avtomobili va poyezd to‘qnashuvi tafsilotlari - “O‘zbekiston temir yo‘llari”

"O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Angrenda yuk mashinasi poyezdga borib urilishi holati yuzasidan bayonot berdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Angrenda yuk mashinasi poyezdga borib urilishi holati yuzasidan bayonot berdi.

Angrenda yuk mashinasi poyezdga urilishi oqibatida 2 kishi qurbon bo‘ldi

Unda aytilishicha, bugun, 10-sentabr soat 3-50 da Almaliq tog‘-metallurgiya kombinatiga tegishli bo‘lgan temir yo‘l kesishmasida yuk furasi katta tezlikda, shlagbaum va sfetoforning taqiqlovchi signal bo‘lishiga qarmasdan temir yo‘l poyezdiga borib urilgan.  

OTMK kirish yo‘lida 8 ta vagondan iborat poyezd belgilangan tartibda manevr ishlari olib borgan vaqtda yuk mashinasi, temir yo‘l kesishmasida harakatlanish qoidalarini buzgan holda, harakatlanishdan oldin taqiqlangan svetofor mavjud bo‘lishiga qaramasdan teplovoz birinchi vagon bilan to‘qnashdi.

YTH oqibatida ikki vagon relsdan chiqib ketdi. To‘qnashuv vaqtida qarama-qarshi tomonda boshqa poyezd o‘tishini avtomobillar kutib turgan. To‘qnashuv oqibatida “DAMAS” avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchilar jarohat oldi.

Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.