Moskvada yuk mashinasi ikki nafar yo‘l ishchisini bosib ketdi

Moskva halqa avtomobil yo‘lida (MKAD) Hyundai rusumli yuk mashinasi haydovchisi ikki nafar yo‘l ishchisini bosib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Moskva halqa avtomobil yo‘lida (MKAD) Hyundai rusumli yuk mashinasi haydovchisi ikki nafar yo‘l ishchisini bosib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Toshkentda avtobus bekatdagi ikki piyodani bosib ketdi

Xabarda qayd etilishicha, haydovchi MKADda yo‘l ishlarishini bajarayotgan erkaklarni urib yuborgan. Ishchilar kasalxonaga yotqizilgan, ammo ulardan biri vafot etgan.

Rossiya JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda yuk mashinasi haydovchi qo‘lga olingani qo‘shimcha qilingan.