Fransiyaning mashhur nashri Kiyevni Rossiyaga “berib yubordi”

Fransiyaning mashhur Le Figaro nashri Kiyevni Rossiya poytaxti deb atadi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Fransiyaning mashhur Le Figaro nashri videolaridan birida Ukraina poytaxti Kiyevni Rossiya poytaxti sifatida ko‘rsatdi. Nashrning ushbu xatosiga Ukrainaning “112” telekanali e’tibor qaratdi.

Fransuz nashri o‘z saytiga Rossiya bilan mahbuslarni o‘zaro almashish hodisasiga izoh berayotgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy videosini joylashtirgan.

Fransiyaning mashhur nashri Kiyevni Rossiyaga “berib yubordi”

Videoning chap burchagida voqea o‘tayotgan joy sifatida "Kiyev, Rossiya" deb ko‘rsatilgan.

Zelenskiyning matbuot xizmati Kanada poytaxtini boshqa joyga “ko‘chirdi”

Eslatib o‘tamiz, 7-sentabr kuni Rossiya va Ukraina sud hukmi o‘qilgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan o‘zaro almashdi.