Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlovchi organ hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Dilbar Muhamedxanovna G‘ulomova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonda ekstremistik saytlar ro‘yxati OAVda e’lon qilinadi va yangilab boriladi

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.