Britaniyalik ayol daraxtga turmushga chiqdi - foto

Buyuk britaniyalik Keyt Kannigem daraxtga turmushga chiqdi va uning familiyasiga o‘tmoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. Buyuk Britaniyaning Melling shahrida istiqomat qiluvchi Keyt Kannigem daraxtga turmushga chiqdi va familiyasini uning nomiga o‘zgartirmoqchi.

Bu haqda RIA Novosti Liverpool Echo News nashriga asosan xabar qildi.

Kannigem 34 yoshda, ikkita farzandi va yigiti bor. Ular darhol emas, balki bir ozdan so‘ng uning qarorini qo‘llab-quvvatlashdi va marosimda qatnashdi.

Kannigem o‘z familiyasini “Elder”ga o‘zgartirmoqchi.

Bu kutilmagan nikoh bilan ayol park bo‘ylab yo‘l qurilishiga qarshi aksiyaga e’tiborni qaratmoqchi. Uning fikricha, bu qurilish inson salomatligiga haqiqiy xavf bo‘ladi.