Amerikalik ayol Kim Kardashyanga o‘xshash uchun yarim million dollar sarfladi – foto

Los-Anjeles shahrida istiqomat qiluvchi Jennifer Pamplona teleyulduz va model Kim Kardashyanga o‘xshash uchun plastik jarrohliklarga yarim million dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. Los-Anjeles shahrida istiqomat qiluvchi Jennifer Pamplona teleyulduz va model Kim Kardashyanga o‘xshash uchun plastik jarrohliklarga yarim million dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. RIA novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qildi.

Jennifer Pamplona 20 ta protsedura va plastik jarrohlikdan o‘tdi. Biroq, kosmetologga oxirgi tashrifi 27 yoshli amerikalik ayol uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.

Pamplona labini kattalashtirishga qaror qildi, ammo bu amaliyotdan so‘ng unda allergiya boshlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, og‘zida kuchli og‘riq bo‘lib, qon ketgan. Tashqi ko‘rinishi umuman buzildi.     

Qiz uydan chiqmay, har safar ko‘zguda o‘zini ko‘rganda yig‘lagan.

Pamplonaning so‘zlariga ko‘ra, u bu voqeadan kerakli saboq oldi va endi plastik jarrohlarga hech qachon murojaat qilmaydi.

“Men hech qachon o‘zimni operatsiya qilmayman. Men bilan yuz bergan voqea, labini kattalashtirmoqchi bo‘lgan qizlarga dars bo‘lib qolishini istayman. Bu umuman chiroyli emas”, - deydi ayol.