Habib Nurmagomedovga zarbop chopon sovg‘a qilishdi  

Abu-Dabidagi g‘alabadan so‘ng Habib Nurmagomedovga o‘zbekona zarbop chopon sovg‘a qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Kecha Abu-Dabida bo‘lib  o‘tgan jangdan so‘ng Habib Nurmagomedovga o‘zbekcha zarbop chopon sovg‘a qilishdi.

Tribunadan tashlangan choponni Habib tutib oldi va boshi uzra baland ko‘tarib ortidan kelayotgan jamoa a’zosiga tutqazdi. Ushbu lavhalar aks etgan video bir zumda internetda ommaviylashib ketdi.

Rossiyalik yakkakurashchi, Habib Nurmagomedovning o‘zbekistonlik muxlislari juda ko‘p. Xususan, u AQShda jangga tayyorgarlik ko‘rgan vaqtlarida ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik sportchilar bilan birga tushgan suratlarini chiqarib turardi. Undan tashqari Nurmagomedov ushbu yilning may oyida O‘zbekistonda bo‘lgan edi.