Kecha Abu dabida bo‘lib o‘tgan, UFC chempionlik kamarini himoya qilish bo‘yicha Habab - Porye jangining eng yorqin lahzalari.
UFC yengil vazn toifasida bo‘lib o‘tgan jangda Habib Nurmagomedov o‘ziga xos bo‘lgan, bo‘g‘uvchi uslub yordamida g‘alaba qozondi. Bu Habib sport karyerasida 28 g‘alaba bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz Habib Nurmagomedov biror marta ham yengilmagan jangchi hisoblanadi.
Abu-Dabidagi jang esa sportchilar va jamoalar tomonida o‘zaro hurmat va halollik bilan o‘tdi. Buni jangni kuzatib borishgan mutaxassislarning barchasi qayd etdi. Yakkakurashchilar esa jangdan so‘ng, bir-biriga hurmat ramzi sifatida, o‘zlari kiygan futbolkalari bilan almashib olishdi.
“Dastin xayriya ishlari bilan shug‘ullanishidan xabarim bor. Ushbu futbolkani sotib, uning foydasini Dastinning fondiga o‘tkazaman. Biz aralash yakkakurashda eng asosiysi nima ekanligini hammaga ko‘rsatdik - bu raqib tomonga bo‘lgan hurmatdir. Har qanday raqib hurmatga sazovor”,- dedi Habib Nurmagomedov.