Chirchiq va Olmaliqda havoni zaharlayotgan korxona sexlari yopildi

Toshkent viloyatida atrof – muhitni zaharlayotgan korxonalar jarimaga tortildi, ayrim sexlar vaqtincha yoildi.
Sputnik

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Ekologiya qo‘mitasi aholi tomonidan kelib tushgan ko‘plab shikoyatlar asosida Toshkent viloyatining Chirchiq va OLmaliq tumanida joylashgan korxonalar faoliyatini tekshirib bir qator jiddiy kamchiliklar aniqladi, deb xabar qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Ekologiya qo‘mitasi archa daraxtlari kesilish sababini tushuntirib berdi

Tekshiruv davomida «O‘zkimosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi “MAXAM-CHIRCHIQ” va  korxonasi atrofida 8 nuqtadan havo namunalari olib tahlil qilindi. Tekshiruv natijasida korxona atrofidagi havo tarkibida ammiak miqdori ruxsat etilgan meyordan 1,1 – 2,8 marotaba, vodorod sulfid miqdori  4,5 – 7,4 marotaba, uglerod oksidi miqdori – 1,2 marotaba ko‘pligi aniqlandi.

Xuddi shunday tekshiruvlar “AMMOFOS-MAXAM” korxonasi atrofida ham o‘tkazildi. Olingan havo namunalari tahlil qilinganda, atmosfera havosi tarkibida oltingugurt moddasi miqdori ruxsat etilgan meyordan – 2,6 marotaba, azot ikki oksidi – 8,8 martaga oshib ketganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, 5-avgustdan 26-avgust kuniga qadar yuqoridagi korxonalar faoliyatida davlat ekologik nazorati olib borildi. Korxonalar asosiy va yordamchi sexlari havo va suvni ifloslantirish manbaalaridan namunalar olib tekshirildi.

Ekologiya qo‘mitasi Burchimulladagi topchanlarni olib tashladi

Tahlil natijalariga ko‘ra, Tekshiruv natijalariga ko‘ra, “MAXAM-CHIRCHIQ”ning 2 ta ishlab chiqarish sexlarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalardan tashlanayotgan tashlamalarning miqdori ruxsat etilgan meyoridan 1,2 - 8,0 marotaba yuqoriligi aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu sexlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Shuningdek,  “AMMOFOS-MAXAM” AJning ham 1 ta ishlab chiqarish sexida ayrim uskunalar faoliyati ham vaqtincha to‘xtatildi.

O‘Zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Chiqindi to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzganlik uchun «MAXAM-CHIRCHIQ» AJ, «AMMOFOS-MAXAM» AJning 33 nafar mansabdor va mas’ul shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi hamda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilarni belgilanmagan joylarga joylashtirilganligi uchun qo‘shimcha ravishda 414,4 mln. so‘m kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi.

Zomin qo‘riqxonasi ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi

Shuningdek, «AMMOFOS-MAXAM» AJ hududida noqonuniy daraxtlar kesilganligi aniqlanib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 223 mln. so‘m zararni qoplash belgilandi.

Tekshirish yakunlari bilan mazkur korxonalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida 39 banddan iborat bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan qatiy nazoratga olindi.