"Tarixiy sulx": Rossiya va Ukraina fuqarolar bilan almashdi

Rossiya va Ukraina yoz fasli oxirida sud hukmi o‘qilgan va ushlab turilgan shaxslarni bir vaqtning o‘zida ozodlikka chiqarish masalasida ishlarni boshlab yuborishgan. Rossii prezidenti Vladimir Putin ushbu masala tez vaqtda hal bo‘lishini aytgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Rossiya va Ukraina sud hukmi o‘qilgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan o‘zaro almashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ukraina sudi Kirill Vishinskiyni qamoqdan ozod qildi

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bir tomondan 35 kishi va ikkinchi tomondan 35 kishi chegarani kesib o‘tishgan.

"Rossiya va Ukraina o‘rtasida fuqarolar bilan almashishga bag‘ishlangan tarixiy aksiya bo‘lib o‘tdi", - deb ma’lum qilgan RIA Novostiga Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova.

RIA Novosti Ukraina portali rahbari Kirill Vishinskiy va Ukraina prezidenti tomonidan Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lgan kelishuvga muvofiq avf etilgan aksiya ishtirokchilari Moskvaga tomon uchishgan.

Flightradar portali ma’lumotiga ko‘ra, maxsus bort Moskva vaqti bilan 12:50 Rossiya havo bo‘shlig‘iga kirib kelgan.