TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi Kostonay viloyati Arkalik tumanida qiz bola 14 nafar erkak tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.
Bu haqda nashrga prezident qoshidagi jamoatchilik ishonchi milliy kengashi a’zosi, qozog‘istonlik advokat Ayman Umarova xabar bergan.
Advokat prezident Kasim-Jomart Tokayevdan ushbu ishni shaxsan nazoratga olishni so‘ragan.
"O‘n to‘rt erkak qiz bolani Arkalik tumanidagi kichik ovulda zo‘rlagan. Qiz oqibatda tuqqan. Politsiya, afsuski, zo‘ravonlarni ushlash chorasini ko‘rmagan. Xalq bitta narsaga ishonmoqda - odil sudlovga. Bu masala bilan shaxsan shug‘ullanishingizni so‘rayman", - degan advokat prezident qoshidagi Milliy kengashning birinchi yig‘ilishi davomida.
Sal oldin Qozog‘iston yetakchisi Kasim-Jomart Tokayev o‘zining Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatida jinsiy zo‘ravonlik, bachabozlik, narkotiklarni tarqatish, odam savdosi, ayollarga qarshi maishiy zo‘ravonlik va boshqa, ayniqsa, bolalarga nisbatan sodir etiladigan og‘ir jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish lozimligini aytgan edi.