Rossiyada ikkita qiruvchi-bombardimonchi to‘qnashib ketdi

Lipesk viloyatida ikkita Su-34 qiruvchi-bombardimonchi to‘qnashib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Lipesk viloyatida ikkita Su-34 qiruvchi-bombardimonchi to‘qnashib ketdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiyada Mi-8 harbiy vertoloti halokatga uchradi

Xabarda aytilishicha, samolyotlar "vizual aloqaning yo‘qolishi sababli" ikki marta to‘qnashib ketgan.

Uchuvchilar jiddiy zararga qaramay, samolyotni qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi. Shuningdek, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Hozircha Su-34 samolyotlarining to‘qnashuvi haqidagi rasmiy ma’lumot berilmadi.