Putin dunyodagi eng go‘zal joyni aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qayerni dunyodagi eng go‘zal joy deb hisoblashini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qayerni dunyodagi eng go‘zal joy deb hisoblashini ma’lum qildi.

Putin Uzoq Sharqni daxmaza deganlarni ahmoqlar deb atadi

Rossiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, Kamchatka yarimoroli Rossiyaning olmosi va tabiat qo‘riqxonasidir. U bu mintaqadagi barcha narsa qimmatli va azizligini ta’kidlagan.

“Men dunyoda Kamchatkadan ko‘ra go‘zalroq joyni ko‘rmadim”, - deya ma’lum qilgan Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Uzoq Sharqni rivojlantirish bo‘yicha davlat kengashi vaqtida bu mintaqani mamlakat uchun daxmaza deb hisoblaganlarni ahmoqlar deb atagani xabar qilingan edi.