TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Badaxshon provinsiyasida Afg‘oniston qurolli kuchlari avia zarbasi natijasida “Tolibon” harakatining eng xavfli “soyadagi hokimi” Kari Fasixuddin yo‘q qilindi. RIA Novosti xabariga asosan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun Varduj tumanida Fasixuddin qo‘riqchisi bilan birga o‘ldirildi.
Puli-Xumri shahrida harbiylar avia zarbasi natijasida “Tolibon” harakatining 40 jangarisi va Baglan provinsiyasi “soyadagi hokimi” yo‘q qilindi.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan
Mamlakat hududida IShID* terrorchilik guruhining ta’siri kuchaydi. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqdalar.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot