TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Amerika armiyasining 244-yillik tarixida opa-singil Mariya Barret va Pola Lodiga general unvoni berildi. Bu haqda RIA Novosti USA Today nashriga asosan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Barratga general-mayor, Lodiga brigada generali unvoni berildi. Bundan avval qurolli kuchlarda bu unvon bilan ota-o‘g‘il, turmush o‘rtoqlar taqdirlangan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar 1901-yilgacha hamshiralar korpusi tashkil etilgunga qadar Amerika armiyasi safida bo‘lolmaganlar.
Hozir AQSh armiyasidagi 417 general bo‘lsa, ulardan 69 nafari ayollar.