O‘zbekistonlik 14 yoshli vunderkind talabaga aylandi

Qashqadaryolik 14 yoshli Jasurbek G‘ulomov talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Qashqadaryolik 14 yoshli Jasurbek G‘ulomov talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.

Qarshi davlat universiteti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Jasurbek  barcha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va davlat granti asosida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasiga aylangan.

Kecha u kursdoshlari hamrohligida universitetda ilk dars mashg‘ulotlarida qatnashgan.

O‘zbekistonlik 14 yoshli vunderkind talabaga aylandi

Davlat test markazi ma’lumotlariga qaraganda, bu yilgi qabul jarayonida eng yosh abituriyent 14 yoshni (14 yosh 212 kun), eng yoshi katta abituriyent 87 yoshni (87 yosh 182 kun) tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialiga o‘z hujjatlarini topshirgan 78 yoshli abituriyent test sinovidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagani xabar qilingan edi.