Hajga pul yig‘ib mahallaga ko‘prik qurib bergan otaxonni bilasizmi?

Facebookda Haj safariga boraman deb pul yig‘ib, so‘ng ushbu pulga mahalla uchun ko‘prik qurib bergan otaxonga hikoyasi ko‘p olqish oldi.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Haj safariga boraman deb pul yig‘ib, so‘nggi damda o‘sha pulga Mahalla uchun ko‘prik qurib bergan otaxon haqida Facebook foydalanuvchilaridan biri hikoya qilib berdi.

“Shunday insonlar borki, ularning tariqday qilgan ishini butun dunyoga yoyadi, lekin Ergash otaning HAJ safari uchun pul yig‘ib yurib va shu pul evaziga katta bir mahalla ga shinamgina KO‘PRIK qurib berganliklari haqida siz bilasizmi? Olloh umrini ziyooda qilsin”,- deb yozgan Og‘abek ismli foydalanuvchi “Farg‘ona vodiysi” guruhida.  

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Haj ziyoratiga borib kelish uchun o‘rtacha 33 million so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi. Har yili O‘zbekistondan Haj safariga o‘rtacha 7 – 8 ming kishi borib keladi.