Toshkentda yangi "Navro‘z bog‘i" ochildi

Toshkentda O‘zbekiston hududlarining etnik xilma-xilligini aks ettirgan yangi bog‘ ochildi.
Sputnik

Toshkentda barcha viloyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks etgan Navro‘z bog‘i ochildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Toshkentda yangi "Navro‘z bog‘i" ochildi

Yangi bog‘ Anhor-Lokomotiv bog‘i yonida joylashgan bo‘lib, 2,5 gektar maydonni egallagan. 

Boqqa ikki olam – koinot va yerning bir-biriga bog‘liqligini ifodalovchi ramziy shakldagi darvozadan kiriladi. To‘g‘rida favvorali Navro‘z amfiteatri joylashgan. Yon tomonda hayot davomiyligi timsoli – diametri 72 metrli charxpalak qurilgan. Anhor kanali ustidan o‘tuvchi 88 metrli ko‘prik dam oluvchilarga o‘ziga xos sayr qilish imkoniyatini ulashadi.

Toshkentda yangi "Navro‘z bog‘i" ochildi

Bog‘ ichida joylashgan etnografik shaharchada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan ko‘chalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos an’analari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan.  Paxsa devorlari, ayvonlar, choyxona va ustaxonalar timsolida qadimiy mahallalar qayta tiklangan.

Toshkentda yangi "Navro‘z bog‘i" ochildi

Eslatib o‘tamiz,  Navro‘z bog‘i, O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2017-yilning 7-avgustida imzolangan qaroriga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qurilgan.

Toshkentda yangi "Navro‘z bog‘i" ochildi