Putin: Trampga gipertovushli qurolimizni sotib olishni taklif qildim

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Osaka shahrida Tramp bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida shunday taklif bilan chiqqan.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rahbari Donald Trampga Rossiyadan gipertovushli qurolini sotib olishni taklif qilganini ma’lum qildi. Bu haqda 

Putin Erdo‘g‘onga Rossiyaning eng yangi samolyotlarni namoyish qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Osaka shahrida Tramp bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida shunday taklif bilan chiqqan. O‘shanda Amerika vakillari dunyodagi hech bir mamlakat Rossiya kabi gipertovushli qurolga ega emasligini aytishgan.

Bunga javoban esa Rossiya rahbari Trampga Rossiyadan gipertovushli qurolni sotib olish taklif qilgan, deya yozadi RIA Novosti.

“Men Donaldga (Tramp – tahr.) dedim: senga sotamiz, istaysanmi? Shunday qilib biryo‘la hammasini tenglashtiramiz. Ular tez orada o‘zlari ishlab chiqarishlarini aytishdi. Balki, tez orada ishlab chiqarishadi”, - dedi Putin Sharqiy iqtisodiy forum sessiyasida.

Rossiya eng yangi "Kinjal" gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi - video

Eslatib o‘taimz, beshinchi Sharqiy iqtisodiy forum Vladivostokda 4-6 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda.