Habib va Puarye o‘rtasida nigohlar to‘qnashuvi qanday o‘tdi - video

Jangchilar shanba kuni yengil vaznda chempionlik unvoni uchun kuch sinashadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Abu-Dabida Habib Nurmagomedov va Dastin Puarye yuzma-yuz uchrashdi.

Ular 7-sentabr kuni yengil vaznda chempionlik unvoni uchun kuch sinashadi.

MMA Junkie sayti kurashchilarniing nigohlar jangi tasvirga olgan videoni e’lon qildi.

Tadbir bugun, 5-sentabr kuni UFC 242 bellashuvi doirasida o‘tkazildi.

Uchrashuv haqoratlarsiz va hujumlarsiz o‘tdi.

Rossiyalik chempion Habib Nurmagomedov raqibiga qo‘l berib, uni quchoqladi.