Dorboz “Moskva-Siti”dagi ikki osmono‘par bino orasidan o‘tdi

“Moskva-Siti” xalqaro biznes markazi hududida joylashgan “Oko” va “Neva” osmono‘par binolar orasidan o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. “Moskva-Siti” xalqaro biznes markazi hududida joylashgan “Oko” va “Neva” osmono‘par binolar orasidan o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, balandlik 300 metrni tashkil qildi. Ekstremal truk videoga olinib, internetga joylashtirildi.

Videoda yomon ob-havoga qaramasdan dorboz asta-sekinlik bilan trosda harakatlashini aks etgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, dorboz ehtiyot chorasi bilan ishlagan.

Moskvaning “shahar kuni” bayrami munosabati bilan turli mamlakatlardan kelgan yetti sportchi poytaxtdagi baland binolar orasidan 350 metr balandlikda o‘tadi. Bu avvalgi rekorddan yuz metrga yuqori bo‘ladi.