Bugun ertalab O‘zbekistonning barcha maktablarida Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston bo‘ylab 620 ming nafar o‘quvchilar ilk bor birinchi sinfga qadam qo‘ydilar. Umumiy hisobda esa 2019 – 2020 o‘quv yilida O‘zbekistonning 9904ta maktablarida 6,17 million kishi ta’lim oladi.
Bu yil “Prezident sovg‘asi” tarkibiga kiritilgan mahsulotlar sifatini oshirshga katta e’tibor qaratildi. Birinchi sinf o‘quvchilarig berilayotgan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga 12 xil o‘quv qurollari kiradi. Ular orasida portfel, lineyka, daftar va kitoblar, kley, qalam va boshqa narsalar bor.
An’anaga muvofiq, o‘quv yilining birinchi kunida barcha umumta’lim maktablarida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida mustaqillik darslari tashkil etiladi.