Toshkentga sinov tariqasida elektrobus olib kelindi

Yaqin kunlarda elektrobusni qisqa masofali yo‘nalishlardan biriga biriktirish rejelashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. “Toshshahartransxizmat AJ va Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan Toshkent shahriga sinov tariqasida elektrobus olib kelindi.

Kompaniya xabarida qayd etilishicha, bunga qadar esa “Toshshahartransxizmat” AJ elektrobusni yo‘nalishga chiqarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar amalga oshirgan. Xususan, 2 ta joyda elektrobusni quvvatlash shoxobchalari o‘rnatilgan.

Yaqin kunlarda elektrobusni qisqa masofali yo‘nalishlardan biriga biriktirish rejelashtirilmoqda.

Toshkentga sinov tariqasida elektrobus olib kelindi

Maxsus komissiya ushbu elektrobus bilan bog‘liq barcha holatlarni to‘liq o‘rganib chiqadi. Xususan, O‘zbekistonning issiq iqlimida elektrobusning harakatlanish imkoniyatlari, yo‘lovchilar sog‘ligiga uning ta’siri va boshqa jihatlar atroflicha tahlil qilinadi.